Samarqandda firibgar fuqaroni 49 ming AQSH dollariga aldab ketdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 28 aprel kuni Samarqand shaharida fuqaroni 49 ming AQSH dollariga “uxlatgan” shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar tarqatdi.

IIBga kelib tushgan hujjatlarga ko‘ra, R.Uzoqov ko‘chasida yashovchi R.K. tanishi J.Yu.ga birgalikda zargarlik buyumlarini sotish bilan shug‘ullanish taklifini aytgan. Bu shaxs 2017 yil dekabr oyidan 2018 yil iyul oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida undan jami 49 ming AQSH dollarini olib, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, R.K. ushlangan. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

35

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made