Maktab o‘qituvchilarining attestatsiya jarayoni soddalashtirildi

Jamiyat

image

Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi qaroriga ko‘ra, pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonlari yanada soddalashtirildi.

Pedagog arizasiga binoan navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazilishi mumkin. Ahamiyatlisi, ushbu attestatsiya natijalariga ko‘ra birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagoglarga nisbatan salbiy qaror qabul qilinmaydi.

Ilmiy darajaga ega, ya’ni fan nomzodi, falsafa doktori yoki fan doktorlari attestatsiyaga jalb etilmaydi. Nafaqa yoshidagi pedagoglar esa o‘z xohishiga ko‘ra attestatsiyadan o‘tkaziladi. Mazkur jarayonga jalb etilmagan pedagoglarning mavjud malaka toifa va lavozimlari ta’lim muassasalarida ishlagan davrida saqlanib qoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Maktab

Baholaganlar

53

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing