RF sog‘liqni saqlash vaziri samolyotda o‘zbekistonlik ayolga yordam ko‘rsatdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova parvoz vaqtida O‘zbekiston fuqarosiga kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Veronika Skvorsova “Aeroflot” reysi bilan Moskva-Toshkent yo‘nalishida ketayotgan bo‘lgan. Parvoz vaqtida samolyotdagi o‘zbekistonlik ayolning tobi qochib, qorni og‘riy boshlagan. Samolyotda baland ovoz bilan shifokor kerakligi e’lon qilingan. Skvorsova ayolni ko‘zdan kechirgach, vaziyatni hayot uchun xavfli deb topmagan. Vazir doim o‘zi bilan olib yuradigan dori qutisidan dori olib bergan. Shundan so‘ng ayolning ahvoli yaxshilana boshlagan.

Qayd etilishicha, Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonga ikki kunlik tashrif bilan ketayotgan bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot Veronika Skvortsova

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing