Telefon raqamini o‘zgarishsiz boshqa kompaniyaga o‘tkazish haqidagi xabarlar rad etildi

Texnologiya

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi joriy yilning 1 oktyabridan boshlab mobil telefon raqamini o‘zgarishsiz boshqa kompaniyaga o‘tkazish imkoni paydo bo‘lishi haqida xabar bergan edi. Biroq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmatovga bu xabarni rad etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu haqdagi normativ hujjatning kuchga kirishi xizmatlar ham o‘sha zahoti kuchga kiradi degani emas. 1 oktyabrdan mobil telefon raqamini saqlagan xolda boshqa aloqa kompaniyasining xizmatlaridan foydalanish mumkinligi haqidagi gaplar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Biroq bunday imkoniyat yaqin kelajakda yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. 
 
“Mazkur normativ hujjat joriy yil 31 iyul kuni qabul qilingan bo‘lsa-da, 1 oktyabrdan kuchga kirishi belgilangan. Ammo hujjat kuchga kirdi degani, unda keltirilgan xizmatlar ham o‘sha zahoti kuchga kirishini anglatmaydi”, deydi Sherzod Ahmatov. 

Ijtimoiy tarmoqlarda bu kabi gap-so‘zlarning tarqalishiga “Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi normativ-huquqiy hujjat Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani va mobil aloqa operatori o‘zgarganda, raqamlari o‘zgarmay qolishi haqidagi xabarlar sabab bo‘lgan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

185

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing