Repinning XIX asrga oid kartinasini shikastlagan shaxs 2,5 yilga qamaldi

Olam

image

Bugun, 30 aprel kuni Moskvaning Zamoskvorets sudi 37 yoshli asli o‘zbekistonlik Igor Podporinga 2,5 yil qamoq jazosi tayinladi. Bu haqda “BBC Rossiya xizmati” xabar berdi.

Uzoq vaqtdan beri Rossiyaning Voronej viloyatida yashab kelayotgan Igor Podporin taxminan bir yil avval Ilya Repinning Tretyakov galereyasida saqlanuvchi “Ivan Groznыy i sыn yego Ivan” kartinasiga zarar yetkazgandi. Podporin jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘taydi.

Davlat ayblovchisi ayblanuvchiga uch yil qamoq jazosi tayinlanishi so‘ragandi. Aslid, Podporinga olti yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin edi.

Galereya vakillari ekspertlar restavratsiyaning yakuniy harajatlarini ma’lum qilgach, yana bir bor sudga ariza topshirish niyatida.

Sud hukmi hozircha kuchga kirgani yo‘q. Sud qarori bo‘yicha 10 kun ichida shikoyat topshirilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 2018 yilning 25 mayida muzey yopilishi arafasida Podporin bo‘sh zalga kirib, Repin kartinasiga temir bo‘lagi bilan bir necha marta zarba bergan.

Igor Podporin aybini tan olgan, biroq suratning alohida madaniy qimmatga ega ekanini rad qilgan. Psixiatrik ekspertiza uni aqli raso deb topgan.

Ma’lumot o‘rnida, “Ivan Groznыy i sыn yego Ivan” kartinasi 1885 yilda yaratilgan. Rassom Ilya Repin ushbu kartinada ivan Grozniy jahl ustida o‘g‘lini o‘ldirib qo‘yganini tasvirlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva surat Il'ya Repin

Baholaganlar

11

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made