Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari qanday maqsadlarga sarflanadi?

Jamiyat

image

Joriy yilning 24 may kuni Hukumat qarori bilan "Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.

Nizomga muvofiq, Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

•    transport sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari;
•    avtovokzallar, avtostansiyalar va bekatlarni qurish;
•    Transport vazirligi tuzilmasidagi ixtisoslashtirilgan avtotransport korxonalari uchun yangi avtotransport vositalarini sotib olish;
•    transport sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish;
•    xodimlarni rag‘batlantirish.

Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va uning mablag‘larini taqsimlash hay’at tomonidan amalga oshiriladi.

Hay’at o‘z faoliyatini Ijro etuvchi organ orqali amalga oshiradi. Uning tarkibi transport vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Huquqiy axborot

Baholaganlar

6

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing