“Real” Kurtua o‘rniga kimni olib kelmoqchi?

Sport

image

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ispaniyalik darvozabon David de Xeaning Madrid klubiga o‘tishiga to‘sqinlik qildi. Bu haqda COPE xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, De Xeaning o‘yin darajasi italiyalik mutaxassisni hayratda qoldirmagani uchun u darvozabon xizmatidan bosh tortgan. Qayd etilishicha, Madridning “Real” klubi hozirda “Sevilya”dan marokashlik Yassin Bununi sotib olish ustida ishlamoqda.

Kecha “Real Madrid”ning belgiyalik darvozaboni Tibo Kurtua mashg‘ulotlarda tizzasidan jiddiy jarohat oldi va yaqin kunlarda posbon operatsiya qilinadi. 31 yoshli futbolchi 2018 yil “Real”ga o‘tganidan beri jamoa safida 200 dan ortiq o‘yin o‘tkazdi.

Ispaniyalik darvozabon David de Xea esa shu yozda “Manchester Yunayted”ni tark etganidan so‘ng erkin agent maqomida yuribdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real David de Xea Karlo Anchelotti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made