“Real” “Chelsi” a’zosini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Sport

image

Madridning “Real” klubi “Chelsi”dan Kay Xaversni sotib olishi mumkin. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ispan klubi germaniyalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olish fikriga kelgan. Kecha “Real Madrid” prezidenti Florentino Peres va murabbiy Karlo Anchelotti o‘rtasidagi uchrashuvda Xavers transfer muhokama qilindi.

23 yoshli futbolchiga madridliklar rahbariyatida qiziqish uyg‘otgan, chunki u hujumda turli pozitsiyalarda o‘ynay oladi.

2020 yilda “Real Madrid” Kay bilan shartnoma imzolashga urinib ko‘rdi, ammo koronavirus pandemiyasining moliyaviy oqibatlari tufayli klub transferni amalga oshirolmay qoldi.

Xavers joriy mavsumda Premer-liganing 35 o‘yinida 7 ta gol urdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Kay Xaverts

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made