Kolumbiyada Turkiyaga yuborilgan 5 tonna kokain ushlab qolindi

Olam

image

Kolumbiya politsiyasi giyohvand moddalar sotuvchilar Turkiyaga yubormoqchi bo‘lgan Buenaventura portida deyarli besh tonna kokainni qo‘lga oldi. Bu haqda mamlakat giyohvandlikka qarshi kurash departamenti xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kokain gidroxloridi granulalardagi kauchuk bilan aralashtirilgan va u Turkiyaga yuborilgan.

Ta’kidlanishicha, musodara qilingan giyohvand moddalar narxi taxminan 265 million dollarni tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, kokain plantatsiyalarining deyarli 90 foizi Kolumbiya, Peru va Boliviyada joylashgan. Giyohvand modda yetishtiruvchi va ularni sotuvchilar ushbu mahsulotlarini Osiyo va Yevropaga o‘tkazishga harakat qiladi. Ammo huquq-tartibot va razvedka bo‘linmalari tomonidan har yili 10 minglab tonna turli xil “zahri qotillar” ushlab qolinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Kolumbiya

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made