Yevrokomissiya rahbari “iqtisodiy qiyinchiliklarning uzun ro‘yxati” haqida gapirdi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi tomonidan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash uchun ko‘rilgan choralar hamjamiyatga qariyb 3 trillion yevroga tushdi. Bu haqda bugun, 15 aprel kuni Bryusselda o‘tgan matbuot anjumanida Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ma’lum qildi.

“Ushbu choralar Yevropa Ittifoqi bo‘ylab deyarli 3 trln. yevroga tushdi. Biz iqtisodiy tanglikni bartaraf etish uchun mana shu ko‘rsatilgan miqdordan ko‘proq mablag‘ni safarbar etdik”, dedi u.

Yevrokomissiya rahbari Yevropa Ittifoqida koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq “iqtisodiy qiyinchiliklarning juda uzun ro‘yxati” mavjudligini ta’kidladi. Shu bilan birga, u karantin choralarini bosqichma-bosqich va YeIga a’zo davlatlar o‘rtasida to‘liq muvofiqlashtirishda olib tashlash kerakligini ta’kidladi.

So‘nggi bir hafta ichida, Yevropa Ittifoqining aksariyat mamlakatlarida koronavirusdan kasallangan va vafot etgan odamlar soni nisbatan barqarorlashdi, ba’zi holatlarda hatto pasayishni boshladi. Ammo u hamon yuqori darajada saqlanib qolmoqda, hali pasayish tendensiyasi mavjud emas. 

13 aprel kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Fransiyada karantin 11 maygacha uzaytirilishini e’lon qildi, chunki mamlakatda epidemiya “hozircha jilovlanmagan”. Belgiya milliy xavfsizlik kengashi bugun, 15 aprel kuni ushbu mamlakatda karantin muddatini uzaytirish masalasini ko‘rib chiqishi kerak. Hozircha cheklovlar 3 maygacha amal qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Evrokomissiya

Baholaganlar

19

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made