Rasman! AQSH va “Tolibon” tinchlik shartnomasini imzoladi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari va "Tolibon" harakati 29 fevral kuni Qatarda tinchlik sulhini imzoladi. Sulh AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishini, shuningdek, afg‘onlararo muloqotni boshlashni ko‘zda tutadi.

Marosimda 30 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etdi. AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, muzokaralarda Qo‘shma Shtatlar delegatsiyasi rahbari Zalmay Halilzod va "Tolibon" siyosiy rahbari Mulla Abdul G‘ani Baradar tinchlik sulhini imzoladi.

"Ushbu kelishuv ko‘plab sa’y-harakatlarning natijasi edi. Biz Afg‘oniston endi hech qachon terrorchilar uchun tayanch bo‘lmasligini tasdiqlaymiz", dedi AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo.

Imzolangan tinchlik shartnomasiga ko‘ra, AQSH Afg‘onistonda qo‘shinlar sonini 135 kun ichida 12 mingdan 8,6 ming kishigacha kamaytirish majburiyatini oldi. Agar “Tolibon” mamlakatda hudkushliklarni mutlaqo to‘xtatsa, amerikaliklar o‘z harbiylari va NATO kuchlarini 14 oy davomida olib chiqishda davom etadi. Ushbu harakatlar evaziga toliblar AQSH va boshqa davlatlarga hujum qilish uchun Afg‘oniston hududidan foydalanishni to‘xtatishi kerak.

Shunday qilib, toliblar va Afg‘oniston hukumati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar afg‘onlararo muloqot doirasida olib boriladi. Afg‘onlararo dialog boshlanganidan so‘ng, "Tolibon" harakati o‘z a’zolarini sanksiyalar ro‘yxatidan o‘chirish uchun BMT Xavfsizlik Kengashi bilan hamkorlik qilishni boshlaydi. Bu 2020 yil may oyi oxirida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

178

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing