Yegan og‘iz uyaladimi? Yoxud “Milliy tiklanish” jim turishni ma’qul ko‘ryapti

Jamiyat

TVhNq24U6HZcY4ANfsVzigHDEidSC9ph22i1Rzve
Bu xalq va davlatni mensimaslik - XDP Ortiqxo‘jayevning gaplariga munosabat bildirdi north_east

Bu xalq va davlatni mensimaslik - XDP Ortiqxo‘jayevning gaplariga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “trend”ga chiqqan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning ovozli yozuvi ayrim tashkilotlarni uyg‘otdi, ayrimlarni cho‘chitdi. Va ba’zilarga qo‘l kelyapti. 

Bunda masala yana va yana qonunchilikka borib taqalarkan, qonun peshvolari - partiyalarning u yoki bu munosabatini odamlar intizorlik bilan kutayotgan bir vaqtda "Milliy tiklanish" partiyasi fikr bildirishni to‘g‘ri deb hisoblamasligini ma’lum qildi. Partiya rahbari Alisher Qodirov Facebok’dagi sahifasida munosabatida shunday deydi:

“Mavzu bo‘yicha birinchi bo‘lib izoh yoki bayonot berish J.Ortiqho‘jayev va xabarni muallifiga tegishlidir.

Shu o‘rinda jamiyat axborot iste’mol madaniyatining PIRAMIDA shaklidagi uchta darajasi haqida aytib o‘tmoqchiman:

Birinchi, eng quyi va eng ko‘p qatlam - axborotni eshitadi va shundayligicha iste’mol qiladi;

Ikkinchi, o‘rta-o‘zgaruvchan, kamayishga moyil qatlam - axborotni eshitadi, o‘zini darajasida tahlil qiladi, munosabat bildirmaydi;

Uchinchi, eng kam, jamiyatni siyosiy tafakkurini ko‘rsatadigan qatlam - axborotni eshitadi, tekshirib-tahlil qiladi va munosabat bildiradi.

Jamiyatning mafkuraviy va siyosiy immunitet darajasi uchinchi qatlamning darajasiga tengdir”.

Balki rostdan ham “Milliy tiklanish” haqiqatning “tiklanishi”ni kutayotgandir yoki Rasul Kusherboyev tabiri bilan aytganda “Milliy tiklanish” “Artel”ning siyosiy "krыsha"si borligini amalda ko‘rsatishga urunayotgandir... 

Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev “Artel” monopoliyasi bilan bog‘liq masalalarga to‘xtalganida shunday yozgan edi:

“Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan va navbatdagi saylovlarda ham nomzodini qo‘ymoqchi ekanini yashirmayotgan Kusherboyev so‘zida davom etarkan, “Artel” siyosiy kuch sifatida "Milliy tiklanish" partiyasiga suyanayotganini aytadi.

“Artel" "Milliy tiklanish" partiyasini tanlaganini angladim. Partiya emas, "Artel" tanladi va monopoliya sari intilishda siyosiy "krыsha"ga ega bo‘ldi rasman. Endi lobbizm bilan rasman shug‘ullanish va qonunchilik orqali de yure monopol bo‘lishga harakat qilish imkoniyati paydo bo‘ldi”.

Yana shuni ham qayd etish o‘rinliki, joriy yilning 22 dekabr kuni Oliy Majlis deputatligiga bo‘ladigan saylovlarda "Milliy tiklanish" partiyasi 11 nafar jurnalistning nomzodini deputatlikka ko‘rsatgan. Deputatlik nomzodlar orasida mutaxassisligi bo‘yicha jurnalistlar XDPda 5, O‘zLiDEPda 4, "Adolat" SDP va Ekologiya partiyalarida 2 nafardan ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev Milliy tiklanish

Baholaganlar

319

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing