“Archako‘cha”dagi pichoqbozlik bo‘yicha ma’lumot berildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi Kichik halqa avtomobil yo‘lida bir guruh yigitlar janjal uyushtirayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Bu holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 5 iyun kuni soat 18:00 va 19:00 oralig‘ida, Shayxontohur tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lida (eski Archako‘cha) yoshlar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi. Oqibatida ikki nafar yigit pichoq bilan yaralanib, shifoxonaga yetkazildi. Mojaroning boshqa qatnashchilarining shaxslari va ishtirokchilarning umumiy soni aniqlanmoqda.

Ularni qo‘lga olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Hodisa Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining shaxsiy nazoratiga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Janjal

Baholaganlar

946

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing