Erdo‘g‘an: Quddus Isroilga berilmaydi!

Olam

image

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kecha, 29 yanvar  kuni e’lon qilingan chiqishida AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan tuzilgan Yaqin Sharq rejasini “mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan” deb baholadi.

"Quddus musulmonlar uchun muqaddasdir. Quddusni Isroilga berish rejasi mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas. Ushbu reja falastinliklarning huquqlariga zid keladi va Isroil tomonidan Falastinni bosib olinishini qonuniylashtiradi", dedi Erdo‘g‘an.

"Belgilangan reja tinchlikka xizmat qilmaydi yoki yechimga olib kelmaydi" deya qo‘shimcha qildi Prezident.

28 yanvar kuni Tramp, Quddus Isroilning "bo‘linmas poytaxti" bo‘lib qolishini aytib, Isroil-Falastin mojarosini hal qilishga qaratilgan uzoq kutilgan rejani e’lon qildi.

Rejaning bir qismi sifatida, kelajakdagi Falastin davlatchiligi bir qator qat’iy shartlarga asoslanadi, shu jumladan Quddusni Isroilning poytaxti deb tan olish, Isroil aholi punktlarini buzilmagan holda saqlash va bo‘lajak Falastin davlatini demilitarizatsiya qilish.

Rasmiy Vashington 2017 yilda Isroil poytaxtini Quddus deb tan olib u yerga elchixonani ko‘chirganida, Turkiya rasmiylari Trampning qarorini bir necha bor tanqid qilishgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

447

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing