Kerak bo‘lsa topib ol! – Fuqarolardan qator ma’lumotlarni talab qilish taqiqlanmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 16 fevral kuni “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi. 

2019 yil 1 avgustdan boshlab davlat xizmatlari ko‘rsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan quyidagilar to‘g‘risida ma’lumotlarni talab qilish bekor taqiqlanadi. 

•    jismoniy shaxslardan jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchalari;
•    soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnomalar;
•    soliq to‘lovchining hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida guvohnomalar;
•    to‘langan daromadlar va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risida ma’lumotnomalar talab qilinishi taqiqlansin.

Davlat boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlarni davlat soliq xizmati organlari, ATB “Xalq banki”, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan elektron o‘zaro hamkorlik orqali faqat idoralararo integratsiyalashuv platformasiga axborot olish uchun ulanish yo‘li bilan mustaqil ravishda so‘raydilar va oladilar.

Davlat soliq qo‘mitasi, ATB “Xalq banki”, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi 2019 yil 1 iyulga qadar davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida foydalaniladigan axborot tizimlarini takomillashtirsin hamda mazkur bandda nazarda tutilgan axborot va hujjatlarni faqat idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etsin.
 


Maqola muallifi

Teglar

Prezident qarori Davlat xizmatlari

Baholaganlar

50

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing