Konor Makgregor: “Barchaga tupurdim”

Sport

image

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor faoliyatini qanday yakunlashni o‘ylayotgani haqida gapirdi.

“Sportchi faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, qolgan hayoti davomida nima qiladi, degan savollarga quyidagicha javob beraman. Juda ham xunuk eshitilsa ham aytaman, barchaga tupurdim. 

Men ko‘plab sportchilar hayotini kuzatib borganman va nima qilishim kerak, nimani qilmasligim kerakligini o‘zim uchun tahlil qilganman. 

Faoliyatimni tugatganimdan so‘ng, sportni tashlab qo‘ymayman. Chunki, yuksak natijalarga erishish uchun sportni tanlaganman. Sababi, jang qilishga bo‘lgan ishtiyoq menda kuchli edi. Agarda o‘z kasbimni sevmaganimda bunday natijalarga erishmagan bo‘lardim”, deydi Makgregor.

Konor Makgregor o‘tgan yili Habib Nurmuhamedovga qarshi bo‘lib o‘tgan jangdan so‘ng, o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida, sportdagi faoliyatini yakunlagani haqida ma’lum qilgan edi. Ammo, oradan biroz vaqt o‘tgach, u yana oktagonga qaytdi. 

U tanaffusdan keyingi jangini amerikalik Donald Serronega qarshi o‘tkazdi. Ushbu jangda Konor birinchi raundning 40- soniyasida raqibini nokautga uchratib, g‘alabaga erishdi. 

Konor Makgregor navbatdagi jangini Jastin Getjiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu to‘qnashuv shu yilning yoz oylarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Konor Makgregor shu kunga qadar professional faoliyati davomida 26 marotaba oktagonga ko‘tarilgan. 22 jangda raqiblarini mag‘lub etgan bo‘lsa, 4 marotaba mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. 22 jangning 19tasini nokaut bilan yakunlagan.

Jahongir Sotvoldiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

UFC Konor Makgregor

Baholaganlar

667

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing