Janubiy Koreyada koronavirusga chalinganlar soni keskin ko‘paydi

Olam

image

Janubiy Koreyada bugun, 29 fevral kuni 219 nafar kishi koronavirusga chalingan deb topildi. Mamlakatda umumiy hisobda kasallik qayd etilganlar soni 3150 nafarga yetdi. Bu haqida Koreya Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi xabar bermoqda.  

Ma’lum qilinishicha, mamlakatda bugun 1943 yilda tug‘ilgan erkak koronavirusdan vafot etdi. U kasallik tufayli olamdan o‘tgan 17-fuqaro bo‘ldi.

Xabarlarga ko‘ra, Tegu shahrida 181, Kensan-Pukto provinsiyasida 19 kishi kasallangan.

Ikki kishi tuzalishga muvaffaq bo‘lgan, ammo bitta bemorning “qayta infeksiyaga yo‘liqish” tufayli shifo topganlar soni 28 kishini tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

474

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing