Ramzan Qodirovning jiyani “Jasorat” ordeni bilan taqdirlandi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning 27 yoshli jiyani Hamzat Qodirov “Jasorat” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda bugun, 10 may kuni Rossiya Davlat Dumasiga Chechenistondan saylangan deputat Adam Delimxonov ma’lum qildi. 

Uning yozishicha, orden bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin imzolagan.

Mukofot berilishining aniq sabablari noma’lum. Delimxonov o‘z postida Hamzat Qodirov Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushining boshidanoq “chechen jangchilarini qo‘llab-quvvatlashda faol ishtirok etganini” ta’kidladi.

Hamzat Qodirov Checheniston Bosh vaziri o‘rinbosari, Mulk va yer munosabatlari vaziri hamda amakisining xavfsizlik blokidagi yordamchisi hisoblanadi. O‘tgan yili Hamzat Qodirov II darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan. Unga Checheniston Qahramoni unvoni ham berilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ramzan Qodirov Checheniston Bosh vaziri o‘rinbosari lavozimini egallab turgan kuyovi Visxan Matsuyevga “Checheniston qahramoni” unvonini bergandi. Qodirov 16 yoshli o‘g‘li Adamni esa Vladimir Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universitetiga kurator etib tayinladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov Checheniston Hamzat Qodirov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made