Ramos Turkiya klubiga o‘tmaydi

Sport

image

Turkiyaning “Beshiktosh” klubi PSJ va “Real”ning sobiq himoyachisi Serxio Ramosni o‘z safiga qo‘shib olishi haqiqatdan yiroq. Bu haqda “Beshiktosh” o‘z bayonotida ma’lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, turk klubi va Ramos o‘rtasida hech qanday kelishuv bo‘lmaydi. Chunki “Beshiktosh”da transferni moliyaviy nuqtai nazardan amalga oshirish imkoniyati yo‘q.

“Beshiktosh” vitse-prezidenti Emre Kojadag‘ning so‘zlariga ko‘ra, 37 yoshli ispaniyalik futbolchi yangi klubida yiliga kamida 10 million yevro ishlab olmoqchi, Istanbul klubi esa futbolchiga buncha maosh to‘lay olmaydi.

Ramos shu yozda Fransiyaning PSJ jamoasini tark etganidan so‘ng erkin agent maqomida. “Sevilya”da ham o‘ynagan ispaniyalik futbolchiga “Galatasaroy”dan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Serxio Ramos Beshiktosh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing