Dollar va yevro kursi sezilarli ko‘tarildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019 yil 28 maydan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 24 so‘m 99 tiyinga qimmatlashib, 8485 so‘m 91 tiyinga yetdi.

Yevro kursi esa 66 so‘m 92 tiyinga qimmatlab, 9505 so‘m 92 tiyinni tashkil etmoqda.

Bir Rossiya rubli esa 45 tiyinga qimmatlashib, 131 so‘m 52 tiyinga yetdi. 

Ma’lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank xorijiy valyuta

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar