Ramzan Qodirov qizini yangi lavozimga tayinladi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Checheniston Respublikasining rahbari Ramzan Qodirov qizi Aishat Qodirovani yangi lavozimga tayinladi. U Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimini egalladi.

“Aishat Qodirova Checheniston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi”, deb yozgan Qodirov o‘zining Telegram-kanalida.

Checheniston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Qodirova murakkab loyihalarni boshqarish bo‘yicha tajribaga ega. 21 yoshli Aishat ko‘plab mamlakatlarda nom qozongan moda uyini boshqargan va dunyoga chechenlarning urf-odatlari va an’analarini namoyish etgan. 

Shuningdek, Qodirov qizi Checheniston filarmoniyasining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shganini qo‘shimcha qildi.

Joriy yilning mart oyida u “Checheniston Respublikasida xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlandi.

“Yaqinda Aishat o‘zining tadqiqotlarini madaniyat sohasiga bag‘ishladi, ushbu yo‘nalishdagi taniqli va yetakchi mutaxassislar bilan faol aloqada bo‘ldi”, deya qo‘shimcha qildi Qodirov.

Uning ta’kidlashicha, Aishatni madaniyat vaziri o‘rinbosari etib tayinlash to‘g‘risidagi qaror Checheniston Madaniyat vaziri Xoj-Baudi Daayevning tashabbusi asosida qabul qilingan.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ramzan Qodirov Checheniston Aishat Qodirova

Baholaganlar

467

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing