Uzbekistan Airways qator davlatlarga reyslarni bekor qildi

Jamiyat

image

Uzbekistan Airways koronavirus sababli bir nechta davlatlarga reyslarni bekor qildi. Aviakompaniya matbuot xizmatida ma’lum qilinishicha, dunyoda rivojlanayotgan epidemiologik vaziyat va Uzbekistan Airways aviakompaniyasining qatnovlari amalga oshirilayotgan davlatlar organlari darajasida joriy etilayotgan cheklovlar, shuningdek, havo qatnovlariga bo‘lgan talabning keskin pasayishi munosabati bilan aviakompaniya 2020 yilning mart-aprel oylarida amaldagi parvozlar jadvaliga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritishga majbur bo‘ldi. 

O‘zgartirishlar aviakompaniyaning quyidagi shaharlarga bo‘lgan reyslariga tegishli:

1. London – HY201/202 reyslari 2020 yil 14 martdan aprelgacha vaqtincha bekor qilindi;

2. Parij – HY251/252 reyslari 2020 yil 14 martdan aprelgacha vaqtincha bekor qilindi;

3. Amritsar – HY421/422, HY441/442, HY443/444 reyslari 2020 yil 18 martdan bekor qilindi;

4. Dehli – HY425/426 reyslari 2020 yil 20 martdan aprelgacha chorshanba va payshanba kunlari hamda yakshanba va dushanba kunlari faqat kechqurun amalga oshiriladi;

– 2020 yil 20 martdan aprelgacha HY421/422 va HY423/424 reyslari bekor qilindi;

5. Mumbay – 2020 yil 20 martdan aprelgacha HY427/428 reyslari bekor qilindi;

6. Jakarta – 2020 yil 25 martdan aprelgacha HY541/542 reyslari bekor qilindi;

7. Kuala-Lumpur – HY553/554 reyslari bekor qilindi;
– HY551/552 reyslari 2020 yil 25 mart kuni bekor qilindi;
– HY551/552 reyslari 2020 yil 1-20 aprel kunlari faqat chorshanba kunlari amalga oshiriladi;

8. Bangkok – HY531/532 reyslari 2020 yilning mart oyida faqat 16, 19 va 26 mart kunlari amalga oshiriladi;
– HY533/534 reyslari 2020 yil mart oyida faqat 18, 21 va 28 mart kunlari amalga oshiriladi;
– 2020 yil aprel oyida HY531/532 reyslari bekor qilindi;
– HY533/534 reyslari 2020 yil aprel oyida faqat chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi;

9. Tel-Aviv – HY303/304 reyslari 2020 yil 14 martdan aprelgacha bekor qilindi;
– HY301/302 reyslari 2020 yil mart oyida faqat 19 va 26 mart kunlari amalga oshiriladi;
– 2020 yil aprel oyida HY301/302 reyslari bekor qilindi.

“Sayohatni yoki O‘zbekiston Respublikasiga qaytishni rejalashtirish jarayonida sizning aviachiptangizda ko‘rsatilgan qatnovning bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, borayotgan mamlakatlarga kirish qoidalari va cheklovlari, shu jumladan karantin talablari bilan bizning uzairways.com saytimizda yoki +998781400200 raqami orqali aviakompaniyaning Yagona aloqa markazida va belgilangan mamlakatlarning tashqi ishlar vazirliklari saytlarida diqqat bilan tanishib chiqishingizni so‘raymiz», deyilgan kompaniya matbuot xizmatida. 

Yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha bekor qilingan qatnovlarning yo‘lovchilariga aviachiptalarni qaytarish yoki boshqa sanalarga qayta bronlash qo‘shimcha haq va jarimalarsiz amalga oshiriladi”, deb qo‘shimcha qilingan aviakompaniya matbuot xizmatida.

Avvalroq, O‘zbekiston 3 ta davlat bilan aviaaloqani to‘xtatgani va 6 ta davlat fuqarolari uchun chegarani yopgani ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Uzbekistan Airways reys

Baholaganlar

139

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing