O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 3554 nafarga yetdi

Jamiyat

image
2020 yil 31 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8 nafarga ortib 3554 nafarni tashkil etmoqda. 
 
Yangi aniqlangan kasallanish holatlarining 3 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 1 nafari Toshkent shahrida karantinda bo‘lgan fuqaroda, 4 nafari esa Buxoro viloyatida aniqlangan bo‘lib, shundan 3 nafari Shofirkon tumanida koronavirus aniqlangan haydovchi bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar, yana 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi.
 
Ayni paytda yurtimizda 2783 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. 
 
So‘nggi soatlarda Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida davolanayotgan 3 nafar bemorda o‘tkir nafas yetishmovchiligi kuzatilganligi uchun reanimatsiya bo‘limiga olingan. 
 
Hozirda mamlakatda 757 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 9 nafar bemor og‘ir, 1 nafar bemor esa o‘ta og‘ir ahvolda. 

Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing