Toshkentda 3 transport ishtirokidagi YTHda mototsiklchi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi yo‘l-transport hodisasida mototsiklchi halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 29 aprel kuni taxminan soat 19:40 da Yashnobod tumanidagi Ohangaron yo‘lida skuter, Tico rusumli yengil avtomobil va 44-yo‘nalish bo‘yicha harakatlanuvchi avtobus ishirokida YTH sodir bo‘lgan. Natijada skuter haydovchisi 34 yoshli A.A. voqea joyida halok bo‘lgan.

Guvohlar, shuningdek, Tico va avtobus haydovchisining so‘zlariga ko‘ra, skuter svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida to‘xtab turgan Tico’ga kelib urilgan, keyin A.A. boshqaruvni yo‘qotib, yengil avtomobildan o‘ng tomonda harakatlanayotgan avtobusga urilgan.

Skuter haydovchisining masofani saqlamaganligi YTHning dastlabki sababi sifatida ko‘rilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Yashnobod

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing