100, 200 va 500 so‘mlik pullarning qachon muomaladan chiqarilishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Avvalroq, 100, 200 va 500 so‘mlik mayda pullar asta-sekin muomaladan chiqarilishi va tanga pullarga almashtirilishi haqida xabar bergan edik. QALAMPIR.UZ manbasining ma’lum qilishicha, ularning amal qilish muddatlari belgilangan. 

Unga ko‘ra, hozirgi kunda muomalada bo‘lgan eski namunadagi 50 va 100 so‘mlik tangalarning, qolaversa, 1994 yil namunasidagi 50 va 100 so‘mlik banknotlarning amal qilish muddati 2019 yilning 1 iyuligacha etib belgilangan. 

Shuningdek, 200 va 500 so‘mliklarning ham amal qilish muddati bo‘yicha qaror qabul qilingan. Unga ko‘ra, 200 va 500 so‘mlik banknotalarning 2020 yilning 1 iyuligacha amal qiladi. 

Banknotlar va tangalar belgilangan muddatgacha qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi va bank kassalarida qiymati bo‘yicha ayirboshlab beriladi. 

Eski namunadagi banknotlarni ayirboshlash uchun belgilangan muddatlar tugaganidan so‘ng, ular qonuniy to‘lov vositasi bo‘lib hisoblanmaydi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Pullar banknot

Baholaganlar

556

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing