Koronavirus xavfi: Avtomobillarga ruxsatnoma qanday olinadi?

Bu qiziq

image

O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan joriy yilning 30 mart soat 06:00 dan 20 aprel soat 00:01 ga qadar viloyatlararo, toshkent va nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat berildi. 

Ruxsatnomani Davlat xizmatlari markazlari berishi belgilab qo‘yildi. Ruxsatnoma kimlarga beriladi va qay tartibda beriladi? Adliya vazirligi ruxsatnomani olish tartibini tushuntirdi.

Maxsus ruxsatnoma Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladi. Maxsus ruxsatnomalar berish tizimi joriy yilning 29 mart soat 09:00 dan amaliyotga joriy etiladi.

Maxsus ruxsatnoma Markazga tashrif buyurishdan oldin, markazga oldindan telefon qilib, ma’lumotlar operator tomonidan to‘ldirilganidan so‘ng qabul qilinadi. 

Avvaldan ro‘yxatdan o‘tmagan yuridik va jismoniy shaxslarning arizalari ko‘rib chiqilmaydi.

Davlat xizmatlari markazlari telefon raqamlari 29 mart soat 08:00 da e’lon qilinadi.

Birinchi navbatda oziq ovqat va dori-darmon tashuvchi yuridik shaxslarning, keyin esa jismoniy shaxslarning arizalari qabul qilinadi.

Maxsus ruxsatnoma asosida harakatlanadigan boshqa avtotransport vositalari faqatgina ushbu muassasa va tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq holda harakatlanishiga ruxsat beriladi. Shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish qatiyan man etiladi va tartib buzilgan holatlarda qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Maxsus Ruxsatnoma olish uchun Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasida Davlat xizmatlari markazlarining ro‘yxati:

Toshkent shahri
1.Bektemir tumani  (71) 231-84-56
2.Mirzo Ulug‘bek tumani  (71) 262-04-70
3.Mirobod tumani  (71) 233-13-47 
4.Olmazor tumani  (71) 231-71-36
5.Sergeli tumani  (71) 230-08-84
6.Uchtepa tumani  (71) 217-47-82
7.Chilonzor tumani  (71) 203-60-16 
8.Shayxontohur tumani  (71) 231-12-75
9.Yunusobod tumani  (71) 235-41-42
10.Yakkasaroy tumani  (71) 231-88-12
11.Yashnobod tumani  (71) 231-19-34
Toshkent viloyati
12.  Nurafshon shahri  (70) 762-63-47
Andijon viloyati 
13.  Andijon shahri  (74) 223-03-03, (74) 223-00-30
Buxoro viloyati 
14.  Buxoro shahri  (65) 223-21-45
Navoiy viloyati
15.  Navoiy shahri  (79) 210-11-48
Namangan viloyati
16.  Namangan shahri  (69) 227-00-32, (69) 227-00-31
Jizzax viloyati
17.  Jizzax shahri  (72) 226-33-23, (72) 226-33-22
Sirdaryo viloyati
18.  Guliston shahri  (67) 225 83 41, (67) 225 28 22
Samarqand viloyati
19.  Samarqand shahri  (66) 237-70-39
Farg‘ona viloyati
20.  Farg‘ona shahri  (73) 241-85-49
Xorazm viloyati
21.  Urgan shahri  (62) 224-75-62, (62) 224-73-47
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
22.  Nukus shahri  (61) 222-70-35, (61) 222-70-96
Qashqadaryo viloyati
23.  Qarshi shahri  (91) 4730030, (91) 6357201, 
Surxondaryo viloyati
24.  Termiz shahri  (76) 225-19-08


Maqola muallifi

Teglar

karantin ruxsatnoma

Baholaganlar

283

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing