KXDR raketa sinovini o‘tkazdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 3 may kuni Shimoliy Koreya navbatdagi raketa sinovini o‘tkazdi. Koreya markaziy telegraf agentligi xabariga ko‘ra, KXDR uzoq masofaga uchuvchi va taktik boshqariluvchi raketaga baho berish hamda uning yaroqliligini tekshirish, shuningdek, uning zarbdorlik xarakteristikasini aniqlash maqsadida mashg‘ulot o‘tkazgan.

Qayd etilishicha, raketa sinovini shaxsan KXDR yetakchisi Kim Chen In muvofiqlashtirib turgan.

Ma’lumot o‘rnida, kecha, shanba kuni Janubiy Koreya shtab rahbarlari birlashgan qo‘mitasi Shimoliy Koreya qisqa masofaga uchuvchi raketa uchirgani haqida ma’lum qildi. Keyinroq idora "raketa" so‘zini ishlatmasdan, sinov o‘tkazilgani haqida yana bir bor bayonot berdi.

KXDRning raketa sinovidan keyin, AQSH Prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya raketa sinovi o‘tkazganiga qaramay, rasmiy Pxenyan bilan tuzilgan denuklearizatsiya to‘g‘risidagi kelishuv ushbu mamlakatga katta iqtisodiy foyda keltirishini aytib o‘tdi.

Yaponiya esa mazkur holatga munosabat bildirib, KXDR uchirgan raketa mamlakatning iqtisodiy hududlariga yetib kelmaganini hamda u ballistik raketa bo‘lmaganini aytib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

raketa KXDR

Baholaganlar

52

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing