Rossiya bozorida o‘zbek gilosi kilosiga 130 000 so‘mdan sotila boshladi

Olam

image

O‘zbek gilosi ortilgan birinchi yuk mashinasi o‘tgan hafta Novosibirskka yetib bordi. Bu haqda EastFruit portali xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik ulgurji sotuvchilar gilosning kilosini 550 rubldan (kg uchun 7,3 AQSH dollari – 75 000 so‘m atrofida) sotgan va shu narxda mevaga bo‘lgan talab oshib ketgan. Chakana savdoda ushbu mahsulot taxminan 1 000 rubl / kg (bir kilogramm uchun 13 dollardan ortiq – 130 000 so‘m atrofida) sotiladi.

Hozirgi vaqtda gilosni bog‘bonlardan O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysida har bir kilogrammi uchun o‘rtacha 15 000 so‘mdan (1,5 dollarga yaqin) sotib olish mumkin. Shunga ko‘ra, gilosning ilk partiyalarini O‘zbekistondan Rossiyaga eksport qilishda ulgurji sotuvchilarning daromadi, logistika xarajatlari oshganiga qaramay, yaxshi bo‘lib qolmoqda, deb yozadi nashr.

EastFruit tahlilchilariga ko‘ra, O‘zbekiston har yili 35 dan 50 ming tonnagacha gilosni eksport qiladi. Rossiya mintaqadagi gilosning eng yirik importchisi hisoblanadi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya yiliga 75 ming tonna mahsulot, EastFruit hisob-kitoblariga ko‘ra esa 100 ming tonnadan ko‘proq gilos import qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya gilos

Baholaganlar

357

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made