Diniy qo‘mita Telegram’dagi soxta xabarlardan ogohlantirdi

Jamiyat

image

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ma’lum qilishicha, Telegram’da umra haqida tarqalayotgan xabarlar soxta.

Soxta xabarda shunday deyiladi: “Umra safarlari 13 martdan davom etadi... Bizga yetib kelgan Saudiya eyrlayns aviakompaniyasi ma’lumotida aytilishicha, 13 martga qadar SAP hududiga umra va boshqa maqsadlarda kirish vaqtincha to‘xtatilgan. Inshaolloh boshqa o‘zgarish bo‘lmasa, 13 martdan kirishlar ochiladi deyilgan. Yangi guruhlarimizga qo‘shilishni istaganlar dushanbagacha pasport qabul qilamiz”.

Diniy qo‘mita ushbu xabarga o‘z munosabatini bildirdi.

“Muhtaram ziyoratchilar! Ogoh bo‘ling, ushbu xabar soxtadir. Undan maqsad tekin reklama tarqatish va telegram kanali a’zolarini ko‘paytirish. 

Avval xabar berganimizdek, 2020 yil 27 fevral kunidan e’tiboran dunyoning barcha davlatlari fuqarolari uchun umra yoki turizm maqsadida Saudiya Arabistoniga kirish vaqtincha to‘xtatilgan. 

Ushbu tartib viza olib bo‘lgan fuqarolarga ham tegishli!

Saudiya tomonidan aniq va rasmiy ma’lumot olingandan so‘ng ziyoratlar boshlanadi. Bu haqida rasmiy ma’lumot beriladi. Soxta xabar tarqatuvchi kanallardan ogoh bo‘ling!!!”, deyiladi Umra xizmatlari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

174

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made