Abdulla Aripov: O‘zbekiston Afg‘onistonni elektrlashtirishga 45 mln dollar ajratadi

Olam

image

O‘zbekiston Afg‘onistonni elektrlashtirish loyihasiga 45 mln dollar ajratadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Afg‘oniston hukumati rahbari Abdulla Abdulla bilan uchrashuvi vaqtida ma’lum qildi.

“TOLOnews”ning xabar berishicha, uchrashuv Afg‘oniston shimolidagi Balx viloyatida bo‘lib o‘tgan. Aripov va Abdulla Mozori-Sharif shahrida uchrashgan va ikki mamlakatning iqtisodiy aloqalarini muhokama qilgan.

Aripov O‘zbekiston Afg‘oniston bilan turli sohalarda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan. Qishloq xo‘jaligi, savdo, elektrlashtirish va temir yo‘l shular jumlasidan.

“O‘zbekiston Sarxandan (Buxoro atrofi) Bog‘lon viloyatining Puli-Xumri shahrigacha 200 km uzunlikdagi 110 mln dollarli elektr o‘tkazish liniyasiga 45 mln dollar ajratadi”, degan Aripov.

Afg‘oniston hukumati o‘zbek investorlariga imkoniyatlar yaratilishiga va’da berdi va afg‘on sarmoyadorlari uchun O‘zbekistonda ham shunday imkoniyatlar yaratilishini so‘radi.

Abdulla Aripov Kobulda yuz bergan navbatdagi terakt sabab hamdardlik bildirib, O‘zbekiston Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishi uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulla Aripov O'zbekiston-Afg'oniston Abdulla Abdulla

Baholaganlar

20

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing