Endi kartoshkadan muammo bo‘lmaydimi?

Tahlil

image
Ular och ekan, biz to‘q o‘tirolmaymiz. QALAMPIR.UZ’dan O‘zbekiston Hukumatiga tavsiya va takliflar north_east

Ular och ekan, biz to‘q o‘tirolmaymiz. QALAMPIR.UZ’dan O‘zbekiston Hukumatiga tavsiya va takliflar

Mart oyining so‘nggi haftasida O‘zbekiston bozorlarida “kartoshka vasvasasi” bo‘lib o‘tdi. Kartoshkaga navbatlar, Toshkent shahrida kartoshka narxining bir muncha, mahalliy hududlarda sezilarli darajada oshirilishi va boshqa vahima uyg‘otuvchi holatlar kuzatildi. O‘zbekistonda karantin choralari kuchaytirilgach, kartoshkaga talab ham o‘z-o‘zidan oshdi. 

Joriy yilning 1 aprel kuni Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida zamonaviy kartoshkachilik klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘irsida”gi 193-sonli qarori qabul qilindi

Xo‘sh, qarorda nimalar belgilangandi?

Mazkur qaror mevasabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etishda klaster usulini rivojlantirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlash zanjirini yaratish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega eksportga yo‘naltirilgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida ishlab chiqildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi, Toshkent viloyati hokimligi va “Agrover” MCHJning Toshkent viloyati hududida “Bo’stonliq kartoshkachilik markazi” MCHJ, “SOLANUZ” MCHJ, “Agrover-urug’chilik” MCHJ, “Vernatural” MCHJ va “Sof tabiat agro” MCHJ negizida iste’molga yo‘naltirilgan kartoshka ishlab chiqarish va chuqur qayta ishlash bo‘yicha agrosanoat klasterini tashkil etish ko‘rsatildi. Asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

•    Urug‘lik kartoshka yetishtirish, shu jumladan, uni virussiz in vitro texnologiyasi asosida ko‘paytirish;

•    ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimida qo‘llaniladigan dukkakli, boshoqli don va boshka qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘liklarini yetishtirish;

•    mahalliy va xorijiy seleksiya hamda biotexnologik navlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va rivojlantirish;

•    urug‘chilik bo‘yicha mahalliy va xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlik qilish, urug‘liklarni ekishdan oldin ishlov berish va qayta ishlashga oid innovatsion texnologiyalar, shu jumladan, suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish.

Kartoshkani “in vitro” texnologiyasi asosida ko‘paytirish nima degani?

“In vitro” so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, “shishada” degan ma’noni anglatadi. Kartoshka urug‘i alohida holatda, zararli mikroorganizmlardan holi sharoitda o‘stiriladi. 

Toshkent viloyat hokimligi O‘zbekiston Respyblikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda “Bo’stonliq kartoshkachilik markazi” MCHJga Bo‘stonliq tumanida foydalanilmayotgan, zaxiradagi yerlar hisobidan yagona hududiylik tamoyili bo‘yicha jami 1400 gektar, shu jumladan, “Poytaxt Agro” davlat unitar korxonasiga foydalanishga berilgan yer uchastkalari hisobidan 146 gektar sug‘oriladigan yer maydonlarini tuman hokimligi zaxirasiga olib, 50 yilgacha bo‘lgan, biroq o‘ttiz yildan kam bo‘lmagan muddatga ijaraga beriladigan bo‘ldi.

Investitsiyalar kiritish va yangi ish o‘rinlari tashkil etish sharti bilan "Solanuz" MCHJga Urtachirchiq tumanidan zamonaviy mashina-traktor parki, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qabul qilish, qadoqlash va dastlabki qayta ishlash bo‘yicha logistika markazlari qurish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan past ball bonitetli yer maydonlari ajratilishi ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, qaror bilan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan respublikada ishlab chiqarilgan quruq kartoshka pyuresi (TIF TN kodi 1105200000) eksportini amalga oshirishga ruxsat berildi.

“Bo’stonliq kartoshkachilik markazi” MCHJ tomonidan kartoshka va boshqa sabzavot ekinlarini saqlash bo‘yicha logistika markazi quriladi. Loyihaning umumiy qiymati 14,8 million AQSH dollarini tashkil qilmoqda. Loyiha ishga tushgach, 30 ming tonnagacha mahsulotlarni uzoq muddat davomida saqlash mumkin bo‘ladi. 

Shu bilan birga, yuqoridagi MCHJlar mas’ulligida mashina-traktor parki, Virusli va boshka infeksiyalardan holi urug‘lik kartoshkani “in vitro” texnologiyasi bo‘yicha yetishtirish laboratoriyasi qurilishini yakunlash rejalashtirilgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra,  “Agrover” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2008-yil 19 avgustda tashkil etilgan bo‘lib, “Sof tabiat agro” MCHJ uning ta’sischisi hisoblanar ekan.

Savollar qolmoqda

Loyihalar davlat tomonidan 2021 yilning ikkinchi choragigacha to‘liq realizatsiya qilinishi belgilangan. Vazifalar uddalansa, Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisining o‘zbek ro‘zg‘orida birlamchi mahsulotlardan biri bo‘lgan kartoshkaga talabi karantin sharoitida qoplanilishiga erishiladi. 

Biroq, hozir-chi? Vaziyat qanday? Jamoatchilikda bir necha savollar paydo bo‘lmoqda. O‘zbekiston oziq-ovqat zaxirasi nuqtai nazaridan uzoq muddatli karantin sharoitiga tayyormi? Birlamchi mahsulotlar rezervi shakllanganmi? Bu haqda qachon jamoatchilikka to‘liq ma’lumotlar taqdim etiladi?  


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi Qishloq xo'jaligi vazirligi Solanuz Vernatural

Baholaganlar

209

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing