Toshkent metropolitenida haq to‘lashda HUMO to‘lov kartalari va Mastercard kartalaridan foydalanish mumkin bo‘ladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 13 may kuni Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) va Mastercard xalqaro to‘lov tizimi o‘rtasida memorandum imzolandi. Memorandum imzolanishi Mastercard tarmog‘ida “HUMO International” to‘lov kartalari qabul qilinishini nazarda tutadi. Bu haqda Markaziy bank Matbuot xizmati xabar tarqatdi. 

Hamkorlikning birinchi yo‘nalishi – “HUMO International” to‘lov kartasi chiqarish va ularni Mastercard xalqaro tarmog‘ida to‘lash uchun qabul qilishni ta’minlash. Memorandum imzolanishi natijasida “HUMO International” to‘lov kartalari dunyoning 70 mln. dan ortiq savdo nuqtalarida qabul qilinadi.

“HUMO International” to‘lov kartalari egalari Mastercard tarmog‘idagi barcha nuqtalarda xaridlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishlari, xususan, oldindan mehmonxonalarni band qilish, internet orqali chiptalarni sotib olish va boshqa onlayn operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. “HUMO International” to‘lov kartalaridan nafaqat chet elda, balki O‘zbekistonda ham foydalanish mumkin bo‘ladi.

Ikkinchi yo‘nalish – jamoat transportida naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish. MBPM va Mastercard metroda haq to‘lashda HUMO to‘lov kartalari va Mastercard kartalaridan foydalanish bo‘yicha Toshkent metropoliteni bilan hamkorlikda pilot loyihasini amalga oshirishni kelishib oldilar. Ushbu loyihani amalga oshirish bir necha oyni talab qiladi, ammo uni yaqin orada amalga oshirish rejalashtirilgan.

Hamkorlikning yana bir muhim jihati firibgarlikdan himoya qilishga qaratilgan yangi yuqori texnologik mahsulot va yechimlarni taklif qilish yo‘li bilan to‘lov tizimining barcha ishtirokchilari xavfsizligini kuchaytirish bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Mastercard HUMO

Baholaganlar

7

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing