Surxondaryoda salkam 21 kilogramm marixuana saqlanayotgan xonadon aniqlandi

Jamiyat

image

Har qanday jinoyat jazosiz qolmaydi. Afsuski, buni hamma ham tushunib yetmaydi. 

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari viloyat Ichki ishlar boshqarmasi vakillari bilan hamkorlikda Termiz shahrida tezkor tadbir o‘tkazdi. Bu haqda DBQ matbuot xizmati xabar beradi.

Tadbir davomida fuqaro X.B. boshqaruvida bo‘lgan Spark rusumli avtomashina to‘xtatilib, belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.

Natijada ushbu shaxsning egnidagi kiyimlari cho‘ntaklarida o‘n to‘rt dona qog‘oz parchalariga o‘ralgan 18,43 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro X.B.ning ko‘rsatmasiga asosan, Termiz tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.Sh ning xonadoni ham xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Tekshiruv jarayonida hovli tomorqasida 1 tup nasha giyohvandlik o‘simligi paravarishlanayotganligi, hamda yordamchi xo‘jalikda polietilen qoplar va gugurt kutilarida umumiy og‘irligi 20 kilogramm 825 grammni tashkil etuvchi marixuana giyohvandlik vositasi saqlab kelinayotgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

xonadon Surxondaryo bojxona aniqlandi

Baholaganlar

78

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing