Tayron Vudli Habibni kim yengishini aytdi

Sport

image

Yarim o‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Tayron Vudli yengil vaznda UFC chempioni Habib Nurmuhamedovni faqat bir sportchi mag‘lub eta olishiga sha’ma qildi.

Uning aytishicha, faqat Toni Fergyusongina rossiyalik chempionni mag‘lub eta olar ekan. 

"O‘ylashimcha, "El Kukuy" Nurmuhamedovni mag‘lub etadi. Aynan Tonida Habibning jang uslubiga qarshi turib bera oladigan usullar bor. Fergyuson tezkor hujumga o‘tadi, parterga tushib qolgan taqdirda ham undan tezlikda chiqib keta oladi. Hozirgacha hech kim Habibga oktagonda muammo keltirgani yo‘q. Bu ishni birgina Toni uddalashi mumkin", deydi Tayron Vudli.

Bir muddat avval Toni Fergyuson oktagonga qaytishini e’lon qilgan edi. Lekin hozircha jang aynan qaysi sanada o‘tkazilishi hamda raqibning kim bo‘lishi ma’lum emas.

Ma’lumot uchun, AQSHlik bokschi Tayron Vudli 1982 yilda tug‘ilgan. U 2016 yilning 30-iyulida UFC 201-da Robbi Lawlerni mag‘lubiyatga uchratdi va UFC vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov Tayron Vudli

Baholaganlar

276

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing