Qamoqxonalarga kirib, saylovni kuzatish mumkinmi?

Jamiyat

Saylovga jalb qilingan 53 ming xodim qurollangan...mi? north_east

Saylovga jalb qilingan 53 ming xodim qurollangan...mi?

Joriy yilda O‘zbekiston tarixida ilk bor ijtimoiy xavfsi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga saylash huquqi berildi. Ayni vaqtda qamoqda saqlash va ozodlikda mahrum etish joylarida ham Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, viloyatlar, shahar va tuman kengashlariga saylov bo‘lib o‘tmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi koloniyalarda o‘tayotgan saylov jarayonlari haqida gapirarkan, ularga kuzatuvchilar guruhi ham kiritilganini qayd etdi.

“Bugun qamoqda saqlash va ozodlikda mahrum etish joylarida saylovda ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan – 1344 nafar jazoni ijro etish koloniyalari va manzil koloniyalarida, 2275 nafari tergov hibsxonalarida saqlanayotganlar – jami 3619 nafar saylovchilar ovoz berish huquqiga ega. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qamoqda saqlash va ozodlikda mahrum etish joylaridagi saylovchilarning ovoz berishi uchun jami 25 ta saylov uchastkasi tashkil etildi”.

Vazir so‘zida davom etib, kuzatuvchilar, nomzodlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari faqat bir shart bilan koloniyalarga kirib, jarayonga guvoh bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. 

“Mazkur saylov jarayonlarida nomzodlar, kuzatuvchilar, OAV vakillari ishtirok etish huquqiga ega va ular to‘siqsiz ichkariga kiritiladi. Kirish istagini bildiruvchilar uch kun avval o‘zi haqidagi ma’luomtlarni so‘rov bilan Markaziy saylov komissiyasiga va bu orqali koloniya rahbariyatiga taqdim qilishlari kerak.  Ayni vaqtda xorijiy kuzatuvchilarning 6 nafari qamoqda saqlash va ozodlikda mahrum etish joylaridagi saylov uchastkalarida qatnashish istagini bildirgan va tegishli tartibda murojaat qilgan. Ular kun davomida mana shu muassasalarda bo‘lib, saylov jarayonini kuzatadilar”, deydi Po‘lat Bobojonov. 

Eslatib o‘tamiz, saylovning tinch va osuda o‘tishi uchun respublika bo‘ylab 53 mingga yaqin huquq-tartibot organlari jalb qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Po'lat Bobojonov

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing