Hujjatlarni yetkazib berishda yagona milliy tizimi joriy etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda xat va hujjatlarni jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazib berish va yetkazilganligini tasdiqlash, ma’lumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimi joriy etiladi.

Bu haqda joriy yilning 28 aprel kuni Prezident tomonidan imzolangan “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda ta’kidlangan.

Hujjatga muvofiq, 2020 yilning 1 avgustiga qadar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yo‘llanadigan xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qog‘ozlari va boshqa yuridik hujjatlarni faqat pochta aloqa ob’ektlari tarmog‘i orqali yetkazib berish tartibi belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident qarori

Baholaganlar

36

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing