Putin urushga borishga rozi bo‘lgan mahbuslarni jazodan ozod qilishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin safarbarlik va harbiy holat davrida mamlakat Qurolli kuchlari bilan shartnoma tuzgan rossiyaliklarni jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda mamlakat huquqiy axborot rasmiy portaliga tayanib, Rossiya OAVlari xabar berdi.

Qonun loyihasi Davlat Dumasiga 6 mart kuni kiritilgan, 19 mart kuni esa uchinchi o‘qishda qabul qilingan. 20 mart kuni u Federatsiya Kengashi tomonidan tasdiqlangan.

Jinoyat sodir etgan, shu jumladan harbiy xizmatni o‘tagan shaxslar uchun jazodan ozod qilish xizmat davomida olingan davlat mukofoti bilan taqdirlanganidan keyin amalga oshiriladi.

Qonunga ko‘ra, jinoyat sodir etgan, jazoni o‘tayotgan yoki sudlangan shaxslar (voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarshi, terrorizm va ekstremizmga da’vat qilish, yadroviy materiallar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, davlatga xiyonat qilish va boshqa moddalar bo‘yicha jinoyatlar bundan mustasno) jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.

Bundan tashqari, agar Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzgan yoki xizmatga chaqirilgan shaxs allaqachon jazo muddatini o‘tayotgan bo‘lsa, u shartli ravishda ozod etilishi mumkin.

“Agar shartli ravishda ozod qilingan shaxs yangi jinoyat sodir etsa, sud ilgari chiqarilgan hukmlarni hisobga olgan holda unga nisbatan jazo tayinlaydi”, deyiladi hujjatda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab, 23 martdan kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin urush jinoiy javobgarlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing