O‘zbekistonda koronavirusdan davolanganlar 38 nafarga yetdi

Jamiyat

image

Bugun, 9 aprel kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 8 nafari kasallikdan forig‘ bo‘ldi. Tuzalganlar Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va boshqa mas’ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.

Shunday qilib, ayni paytda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemordan 38 nafari butunlay davolandi. Tuzalganlarning kun sayin ko‘payib borayotganida esa, avvalambor, shu sohada faoliyat olib borayotgan fidokor tibbiyot xodimlarining ulkan hissasi mujassam. Shifokorlar bemorlarni davolashda dunyo tajribasi, xususan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya kabi qator mamlakatlarning eng nufuzli mutaxassislari tavsiyalaridan foydalanishmoqda.

Shuningdek, shifokorlar bemorlarni davolash jarayonida mamlakatning yetuk pulmonolog, kardiolog, terapevt, endokrinolog, reanimatolog kabi qator mutaxassislar bilan telemuloqot o‘rnatib, ulardan kerakli tavsiyalarni olayotgani ham qo‘l kelmoqda. Tor mutaxassislar bilan hamkorlik bemorlarning holati yuzasidan maslahatlashish, aniq tashxis qo‘yish va davolash imkonini berayapti. 

Yana bir guruh sog‘aygan bemorlarni kuzatish marosimida Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov fidokor tibbiyot xodimlariga minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 582 nafarga yetdi. Bugungacha ularning 3 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

112

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing