To‘pponchadan barmoq izlari topilmadi. Qodirovaning qotili kim?

Jamiyat

image
Nodira Qodirova o‘ldirilganmi yo o‘zini o‘ldirganmi? Ekspertiza xulosalari ochiqlandi north_east

Nodira Qodirova o‘ldirilganmi yo o‘zini o‘ldirganmi? Ekspertiza xulosalari ochiqlandi

2019 yilning 23 sentyabr kuni Turkiyaning Anqara shahrida deputat Shirin Unalning uyida vafot etgan Nodira Qodirova ishi bo‘yicha jinoyat ishi ochilmasligi katta shubhalarni keltirib chiqarmoqda. Tergov xulosalarida qayd etilishicha, Qodirovaning o‘limida ishlatilgan Baretta rusumidagi qurolda barmoq izlari aniqlanmagan. 

Ishga doir hujjatlarda Nodira Qodirovaning qo‘lida ham to‘pponchadan otilgan o‘qning qoldiqlari, zarrachalari aniqlanmagani qayd etilgan. 

Jumhuriyat partiyasi vakili Alijon Uludog‘ bergan ma’lumotlarga qaraganda, to‘pponchadan otilgan o‘q Italiyada ishlab chiqarilgan Baretta 92S rusumli yarimavtomat to‘pponchadan otilgan. Bu ma’lumotlar rasmiy bo‘lib, ular Anqara politsiya boshqarmasining Jinoyat ishlarini tekshirish bo‘limi Barmoq izlarini aniqlash byurosi hujjatlarida keltirilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, 2019 yilning 23 sentyabr kuni o‘zbekistonlik 23 yashar qiz Nodira Qodirova Turkiyaning Anqara shahrida deputat Shirin Unalning uyida vafot etgan edi. Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning “Adolat va taraqqiyot” partiyasidan Millat majlisi deputatligiga saylangan Shirin Unalning uyida xizmatchi bo‘lib ishlagan Qodirova vafoti bo‘yicha tergov harakatlari 5 oydan ortiq vaqt davom etdi. 

Prokuratura Qodirovaning o‘limi jinoyat emasligi bo‘yicha xulosalarni berdi. Oxirgi natijalar esa jamoatchilik orasida ko‘plab e’tirozlar va bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. 

Voqea yuz bergan ilk daqiqalardanoq Shirin Unal va uning oilasi Nodira Qodirova o‘z joniga qasd qilganini ta’kidlab kelmoqda. Bu orada u marhumani psixlogik jihatdan nosog‘lomga, shuningdek, tarbiyasi buzuqqa chiqarishga urindi. Qodirovaning oila a’zolari, jumladan voqea yuz bergan vaqtda Anqarada bo‘lgan akasi Muhammadali Qodirov esa singlisi o‘z joniga qasd qilmagani, balki o‘ldirilganini aytmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Nodira Qodirova Shirin Unal

Baholaganlar

362

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made