O‘zbekistonda ayrim mahalliy reyslar bekor qilindi

Jamiyat

image
O‘zbekistonda barcha ichki sayohatlar to‘xtatiladi north_east

O‘zbekistonda barcha ichki sayohatlar to‘xtatiladi

Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar bekor qilindi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi respublika ichidagi aviaqatnovlarining jadvalida o‘zgarishlar bo‘lgan.

Xususan, 20-28 mart kunlari Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY051/052 qatnovlari bekor qilingan.

HY051 qatnovining yo‘lovchilari shu kunlarda Toshkentdan Urganch shahriga HY011 qatnovi orqali Nukusda oraliq qo‘nish bilan olib boriladi. Toshkentdan ketish vaqti soat 09:00 da, Urganchga kelish vaqti soat 12:10 da.

HY052 qatnovining yo‘lovchilari HY012 qatnovi orqali Toshkentga olib boriladi. Urganchdan ketish soat 12:50 da, Toshkentga kelish soat 14:10 da.

Toshkent-Nukus yo‘nalishi bo‘yicha HY011 qatnovining ketish vaqti o‘zgardi. Toshkentdan ketish — soat 09:00 da, Nukusga kelish — soat 10:40 da.

Nukus-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY012 qatnoviga aviachiptasi bo‘lgan yo‘lovchilar Urganchda oraliq qo‘nish bilan olib boriladi. Nukusdan ketish — soat 11:20 da, Toshkentga kelish — soat 14:10 da.


Maqola muallifi

Teglar

Urganch reys

Baholaganlar

184

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing