WBA reyitingida o‘zbek bokschilarining o‘rni

Sport

image

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) professional boksda o‘z faoliyatini olib borayotgan bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 27 aprel kuni amerikalik Emmanuel Teylorni mag‘lubiyatga uchratib, WBA Intercontinental kamari sohibiga aylangan o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov birinchi yarimo‘rta vazn toifasi (-63,50) reytingida 14-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ushbu vazndagi boshqa bir o‘zbek bokschisi Shohjahon Ergashev esa o‘tgan oydagi kabi 4-pog‘onada qolgan. 

Aprel oyida prof ringda jang o‘tkazmagan Isroil Madrimov (birinchi o‘rta vazn toifasida, -69 85 kg) bir pog‘onaga pastlab, 7-o‘rindan joy oldi. 

Ikkinchi yarimengil vazn toifasidagi (-55,34) Murodjon Ahmadaliyev birinchi o‘rindan ikkinchi pog‘onaga pastlagan. Uning o‘rnini ushbu vazndagi vaqtinchalik chempion Brendan Figueroa (AQSH) egalladi. Tez orada Murodjon Ahmadaliyev birdaniga ikkita chempionlik kamari uchun jang qiladi. Bu borada 90 kun ichida aniq ma’lumot bo‘lishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

boks WBA

Baholaganlar

105

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing