Rosstat ishsizlik darajasi eng past bo‘lgan hududlarni aniqladi
Olam
−
28 Oktabr 2019
2892Rossiya Federal Davlat statistika xizmatiga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasida shu yilning iyun - avgust oylarida eng past ishsizlik Moskva va Sankt-Peterburgda, eng yuqori — Ingushetiya, Checheniston va Shimoliy Osetiya-Alaniya respublikalarida kuzatildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Ushbu davrda ishchi kuchi 75,5 million kishini tashkil etdi, ulardan 3,3 millioni yoki aholining 4,4 foizi ishsiz sifatida ro‘yxatga olingan.
Ishsizlikning eng yuqori darajasi Shimoliy Kavkaz federal okrugi hududlarida qayd etildi — hududda bu 10,5 foizni tashkil etdi. Ingushetiya
Respublikasida ishsizlik darajasi 26,2 foizni, Checheniston Respublikasida - 13,4 foizni, Shimoliy Osetiya-Alaniya Respublikasida - 12,6 foizni tashkil qildi.
Bundan tashqari, Federal Davlat statistika xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, ishsizlikning eng past darajasi Moskvada - 1,3 foiz, Sankt-Peterburgda - 1,4 foiz va Yamalo-Nenets avtonom okrugida - 2,1 foiz qayd etildi.
LiveBarchasi