Ishxonangizda obro‘yingizga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan odatlar haqida bilasizmi?

Foydali

image

•  Siz hamma narsaga rozilik bildiraverasiz

O‘z vazifalaringizdan qat’i nazar, o‘z fikrlaringiz bilan hisoblashmay, so‘ralgan hamma ishni bajarib, boshqalarning ko‘z o‘ngida ochko ishlab olyapman, deb o‘ylashingiz mumkin. Ammo, aslida, bu kichik, ahamiyatsiz topshiriqlar sizga mas’uliyatli ishlarga o‘tishingizda yo‘lingizda to‘g‘anoq bo‘lish ehtimoli yuqoridir. Agar siz hamma ishni bo‘yningizga olaversangiz, yomon ma’noda o‘rningiz o‘zgarmas bo‘lishi mumkin. Ular hech qachon targ‘ib qilinmaydi, chunki ular hozirda tayinlangan odami tomonidan qoyilmaqom bajariladi.

•  Siz haddan tashqari atrofdagilar uchun yopiqsiz

Ishga e’tibor qaratishning hech qanday yomon joyi yo‘q, lekin kun davomida hamkasblaringiz bilan qanday munosabatda bo‘lishingizga e’tibor berish muhimdir. Siz hamkasblaringiz yonidan o‘tayotgan vaqtda ularga tabassum qilasizmi? Salomlashasizmi? Kechirim so‘raysizmi? Yoki juda shoshayotgandek o‘zingizni ko‘rsatasizmi? Ba’zan ishga ko‘milib ketishingiz do‘sti yo‘qdek yoki dushmanlik sifatida yanglish qabul qilinadi. Aslida atrofingizdagilar siz bajaradigan barcha kichik harakatlarga e’tibor berishadi, shuning uchun qanday taassurot qoldirayotganingizni o‘ylab ko‘ring.

•  Siz faqat rahbariyatga e’tibor berasiz

Rahbaringiz martabangiz uchun muhim bo‘lgan yagona shaxs emas. Hamkasblar ham muhimdir, Boshliqda yaxshi taassurot qoldiring, ammo hamkasblar bilan munosabatlarga zarar yetkazmang.

•  Siz ish uslubini o‘zgartirishni xohlamaysiz

Ish beruvchilar tegishli korporativ madaniyatga mos keluvchi xodimlarni tanlashga ko‘p kuch sarflashadi, lekin har doim ham bunday bo‘lavermaydi. Agar, notanish sharoitga tushib qolsangiz, o‘sishni istasangiz, unga moslashish kerak. 

•  Siz juda ham sergapsiz yoki kamgapsiz

Keragidan ko‘ra ko‘proq gapirish va yetarlicha gaplashmaslik o‘rtasida nozik chiziq bor. Bu muvozanatni his qilish juda muhimdir. Birinchidan, hamkasblar o‘zingizga ko‘proq e’tibor qaratishga harakat qilayapti, deb o‘ylashadi, ikkinchi holda, sizni qobiliyatsiz va ahamiyatsiz deb, tayinli so‘z aytishmaydi. Siz haqingizda shunday o‘ylamasliklarini istasangiz, kerakli paytda tinglashni va kerakli joyda gapirishga o‘zingizni moslashtirishingiz lozim.

•  Siz mayda narsalar bo‘yicha rahbariyatdan yordam izlaysiz

Agar siz hamkasblaringiz bilan jiddiy qarama-qarshiliklarga duch kelsangiz, rahbariyatning aralashuvini talab qilsangiz, buni albatta bajaring. Agar kichik bir hodisa, haqoratli so‘zlar haqida gap ketayotgan bo‘lsa, shikoyat bilan yuqori turuvchi rahbarga chiqmasligingiz kerak. Rahbarlarga shikoyat qilish uchun yuguradigan kishi hurmat qozonmaydi. Mojaroni o‘zingiz hal qilishga harakat qiling. 

•  Siz yomon odatlaringizni e’tiborsiz qoldirasiz

Ishdagi muvaffaqiyatingizga o‘zingiz e’tibor bermaydigan, lekin hamkasblaringiz ko‘radigan yomon odatlaringiz halaqit qilishi mumkin: saqich chaynaysiz, doimiy ravishda quloqchinda qo‘shiq eshitib o‘tirasiz, ish joyida tamaki chekasiz, birovning kompyuterini kovlaysiz. Yomon odatlarni anglash uchun atrofdagilar sizni qay tarzda ko‘rishlarini istashini tasavvur qiling va o‘zingizni tutishingiz bilan solishtiring. Agar tasavvur qilgan odamingiz saqich chaynamasa, xonasini mushukchalar rasmi bilan bezamasa, buni qilmagan ma’qul.

•  Siz yuqori natijalarga erishmoqchisiz

Ko‘pchilik, birinchi navbatda, ustunlik muvaffaqiyatga olib keladi, deb hisoblaydi. Biroq, har doim ham shunday emas. Sizningcha, barchadan ustun bo‘lishga intilishning yomon tomoni yo‘q. Ammo maktabdagi eng yaxshi a’lochi va yuqoriga intiluvchi o‘quvchilarni qanday qilib yoqtirmasliklarini eslang. Shuningdek, ofisda ham. Kamtar bo‘ling, ishingiz siz uchun gapirsin. Shunday qilib, siz biron narsaga erishish uchun yashirin harakatlar va ziddiyatlarda ishtirok etishdan qochasiz.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

72

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing