Aripovning Xitoyga tashrifi rejalashtirilyapti

Jamiyat

image

O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumat rahbarlari o‘zaro tashriflar almashishi rejalashtirilyapti. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 26 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va muxtor Elchisi Szyan Yanni qabul qildi.

Vazir va Elchi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbatda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Xususan, ikki davlat hukumat rahbarlari darajasida rejalashtirilgan tashriflar bilan almashishning amaliy jihatlari hamda delegatsiyalarning O‘zbeksiton va Xitoyga o‘zaro safarlari jadvali ko‘rib chiqildi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulaziz Komilov O'zbekiston-Xitoy Abdulla Aripov

Baholaganlar

5

Reyting

2.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing