Namangan va Navoiy viloyati hokimlari taqdirlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni bilan bir guruh hokimlar turli unvon va ordenlar bilan taqdirlandi.

Xususan, Namangan viloyati hokimi Bozorov Xayrullo Hayitboyevich “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Navoiy viloyati hokimi Tursunov Qobul Beknazarovich “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi.

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Baxramov A’zamxon Usmanovich “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeniga munosib ko‘rildi.

Toshkent viloyati Bekobod shahar hokimi Fayzullayev Zafar Jarullayevich “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.

Quyidagilar “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlandi:

Adilov Jambul Agitayevich – Taxtako‘pir tumani hokimi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Boyigitov Yo‘lchiboy O‘rinboyevich – Yozyovon tumani hokimi, Farg‘ona viloyati

Mirzakulov Batirjon Kazakbayevich – Sayxunobod tumani hokimi, Sirdaryo viloyati

Nematova Nargiza Isamiddinovna – Olot tumani hokimi, Buxoro viloyati

Boykarayev Asrol Ruziyevich – Koson tumani hokimi, Qashqadaryo viloyati

Salomov Sherali Husenovich – Qorako‘l tumani hokimi, Buxoro viloyati

Saparbayev Atabek Xudaybergenovich – Beruniy tumani hokimi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Tamikayev Abdivaxob Ulashbayevich – Zangiota tumani hokimi, Toshkent viloyati

Urinov Shuxratjon Bekmaxmatovich – Termiz tumani hokimi, Surxondaryo viloyati

Xudayberdiyev Shunkor Farmonovich – Pastdarg‘om tumani hokimi, Samarqand viloyati

Shunindek, Andijon viloyati Baliqchi tumani hokimi Abdurayimov Jasurbek Odilovich, Samarqand viloyati Narpay tumani hokimi Jabborov Botir Shukurovich “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.


Maqola muallifi

Teglar

mukofot

Baholaganlar

184

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing