“O‘zatom” va “Rosatom” AES qurilishi bo‘yicha shartnoma imzoladi

Jamiyat

image

Bugun, 17 may kuni Toshkentda “O‘zatom” agentligi va Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi o‘rtasida AESning texnik loyihasini ishlab chiqish uchun stansiya quriladigan maydonda muhandislik izlanishlarini olib borish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

Hujjatga “O‘zatom” agentligining AES qurilishi direksiyasi direktori Otabek Omonov va “Rosatom” tarkibiga kiruvchi “Atomstroyeksport” AJ direktori o‘rinbosari Dmitriy Ashanin qo‘l qo‘ydi.

“Bu O‘zbekistonda AES qurilishi loyihasi doirasidagi eng muhim hujjat hisoblanadi va quriladigan stansiya maydonida izlanishlarni boshlab yuborish imkonini beradi”, degan Otabek Omonov.

“Ushbu hujjatning imzolanishi O‘zbekistonda zamonaviy va VVER-1200 reaktoriga ega xavfsiz AES qurilishidek ulkan loyihaning amalga oshirilishida yana bir qadam bo‘ldi”, deb ta’kidlagan Dmitriy Ashanin.

Ma’lumot o‘rnida, rossiya loyihasi asosida AES qurish to‘g‘risidagi Hukumatlararo kelishuv 2018 yil 7 sentyabr kuni O‘zbekiston va Rossiya Hukumat rahbarlari tomonidan imzolangandi. O‘zbekistondagi birinchi AES qurilishiga 2018 yilning 19 oktyabr kuni O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari tomonidan start berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O‘zbekiston-Rossiya AES

Baholaganlar

16

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar