Tramp nega Germaniyadagi amerikalik harbiylar sonini qisqartirmoqda?

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp Pentagonga Germaniyada joylashtirilgan AQSH harbiylari sonini kamaytirishni buyurdi. Bu haqda kecha, 5 iyun kuni Qo‘shma Shtatlarning yuqori martabali rasmiy vakiliga asoslanib, “Reuters” agentligi xabar berdi.

Ushbu amaldorning so‘zlariga ko‘ra, sentyabrgacha 9,5 ming amerikalik askar va zobit Germaniyadan olib chiqiladi. Ayni paytda Germaniyada qariyb 34,5 ming AQSH harbiysi joylashtirilgan.

“Germaniyadan olib chiqiladigan qo‘shinlarning bir qismi Polshaga va boshqa davlatlarga ko‘chiriladi, ba’zilari AQSHga qaytadi”, dedi Amerika vakili.

Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi matbuot xizmati rahbari Jon Elliotning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar Germaniyadagi ittifoqchilar bilan birgalikda mudofaani ta’minlash uchun ishlashga tayyor.

"Qo‘shma Shtatlar bizning yaqin ittifoqdoshimiz Germaniya bilan mudofaa va boshqa ko‘plab muhim masalalarni hal etishda birgalikda ishlashga sodiq qoladi", dedi agentlik manbasi.

Elliotning aytishicha, AQSH Prezidenti Donald Tramp AQSH harbiylarining chet elda bo‘lishini doimiy ravishda yuqori baholaydi.

"Hozir bizda hech qanday e’lon yo‘q. AQSH Prezidenti Donald Tramp bosh qo‘mondon sifatida amerikalik qo‘shinlarning eng yaxshi joylashuvi va chet elda bo‘lish masalalarini doimiy ravishda baholab boradi", dedi u.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya AQSh

Baholaganlar

102

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing