O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida rektor o‘zgardi

Jamiyat

image

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida rektor o‘zgardi. Sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Ulug‘bek Botirovich Azizov universitet rektori etib tayinlandi.

Ulug‘bek Azizov 2016 yildan hozirga qadar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi direktori – prorektor lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Ma’lumot uchun: Ulug‘bek Azizov 2000 yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bakalavriat yo‘nalishini tamomlagan. 2009 yilda Yaponiya Sukuba universiteti magistraturasida tahsil olgan. 2015 yilda Germaniyaning Erfurt universitetida falsafa doktori (PhD) ishini yoqlagan.


Maqola muallifi

Teglar

O'DJTU

Baholaganlar

164

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar