Toshkent shahrida yana 13 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida 13 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Ular orasida 2 yashar bola ham bor. Bu haqda bugun, 2 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan 13 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, sog‘ayganlarning 7 nafari Toshkent shahridan, 6 nafari Toshkent viloyatida. Ularning 6 nafari Rossiyadan kelgan va karantinga olingan, kasallik aniqlangach, mazkur klinikaga yotqizilgan. Qolgan 7 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 9 nafari erkak, 4 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 54 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2018 yil tug‘ilgan.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahrida shu paytga qadar 380 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 393 nafarga yetdi. Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1242 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda koronavirus yuqtirganlar 2094 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 9 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

63

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made