AQSHda koronavirusni davolash narxi aytildi

Olam

image
Vaksina tayyor bo‘lguncha koronavirusni mag‘lub qilish yo‘li aytildi north_east

Vaksina tayyor bo‘lguncha koronavirusni mag‘lub qilish yo‘li aytildi

AQSHda bir kishini koronavirusdan davolash 75 ming dollarga tushishi mumkin. Bu haqda "FAIR Health" mustaqil notijorat tashkiloti hisob-kitoblarga asoslanib xabar berdi.

"FAIR Health" mutaxassislari o‘zlarining hisob-kitoblarini AQSHdagi pnevmoniya va grippni davolash bo‘yicha ma’lumotlarga asoslanib tuzdi. Natijada, sug‘urtasiz odamlar uchun shifoxonada olti kunlik COVID-19 davolash 73,3 ming dollarga, sug‘urtalanganlar uchun 38 ming dollarga tushishi aniqlandi.

Mutaxassislar AQSH fuqarolariga kasallik juda og‘ir bo‘lmasa, uyda davolanishni maslahat berishdi. Chunki hozirda shtatlarning markaziy shifoxonalarida joy taqchilligi kuzatilmoqda.

Bundan tashqari, onlayn tibbiyot xizmatlari yoki ishonch telefonlari mavjud. Amerikaliklar u yerga qo‘ng‘iroq qilib, koronavirus bilan kurashish to‘g‘risida maslahat so‘rashlari mumkin.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirus bilan bog‘liq 312 237 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 14 997 nafari sog‘aygan, 8 501 nafari esa vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Koronavirus

Baholaganlar

980

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made